«PSJ» vinger Bredli Barkolani yozgi transfer oynasida sotishni rejalashtirmayapti.
The Athletic xabariga ko‘ra, parijliklar 23 yoshli futbolchining bozor qiymati «Manchester Siti» Elliot Anderson uchun to‘lashga rozi bo‘lgan 116 million funtdan ham yuqori deb hisoblamoqda.
Manba ta'kidlashicha, «PSJ» hujumchi Gonsalu Ramushning «Milan»ga rekord transferi ortidan futbolchilarni sotish zaruratini bartaraf etgan. Shu sababli Barkolani qo‘yib yuborish masalasi kun tartibida emas.
Shunga qaramay, Barkolaning o‘zi maydonda kamroq vaqt olayotganidan norozi va asosiy tarkibda muhimroq rolga ega bo‘lishni istamoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi hali uzaytirilmagan.
Bundan tashqari, «PSJ» yarimhimoyachi Li Kan In va hujumchi Randal Kolo Muani bilan xayrlashishga tayyor. Har ikki futbolchiga yozgi transfer oynasida klubni tark etishga ruxsat berilgan.