«Inter» himoyachilar Franchesko Acherbi, Stefan de Vrey va Matteo Darmian jamoani tark etganini rasman e'lon qildi.
Har uchala futbolchi shartnomasi yakuniga yetgani sabab erkin agent maqomida klub bilan xayrlashdi.
Franchesko Acherbi 2022 yildan buyon «Inter» safida to‘p surib, jamoa bilan ikki marta A Seriya, Italiya Kubogi va Italiya Superkubogida g‘olib chiqqan.
Stefan de Vrey 2018 yildan, Matteo Darmian esa 2021 yildan beri milanliklar sharafini himoya qilib kelayotgandi. Har ikki futbolchi ham «Inter» safida uch martadan A Seriya, Italiya Kubogi va Italiya Superkubogi sovrinlarini qo‘lga kiritgan.
Eslatib o'tamiz, Milan klubi avvalroq Yan Zommer bilan xayrlashganini e'lon qilgan edi.