Bugun
3
O'zbek

Mxitaryan keyingi mavsum ham «Inter»da qoladi

Futbol
30 iyun, 05:10
37 yoshli yarimhimoyachi Milan klubi bilan shartnomasini uzaytirdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Mxitaryan keyingi mavsum ham «Inter»da qoladi
Foto: Getty Images

Armanistonlik tajribali yarimhimoyachi Genrix Mxitaryan «Inter» bilan hamkorligini yana bir yilga uzaytirdi.

Insayder Nikolo Skira xabariga ko‘ra, yangi shartnoma 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi. Unga ko‘ra, Mxitaryan yiliga 2 million yevro maosh oladi. Bundan tashqari, bitimda bonus to‘lovlari ham ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, 37 yoshli futbolchi 2022 yilning yozidan buyon «Inter» sharafini himoya qilib kelmoqda.

Mxitaryan 2025/26 yilgi A Seriya mavsumida 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Inter
Bugungi yangiliklar