Bugun
3
O'zbek

«MYU» Reshfordni qaytarishga tayyor

Futbol
30 iyun, 05:38
Hujumchi mavsumoldi yig‘inini Maykl Kerrik boshchiligida boshlashga rozi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«MYU» Reshfordni qaytarishga tayyor
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» hujumchi Markus Reshfordning jamoaga qaytish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Manbaga ko‘ra, mankunianliklar 28 yoshli futbolchining vakillari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

Klub Reshfordning yangi mavsum oldidan jamoa bilan mashg‘ulotlarni boshlashiga qarshi emas. Futbolchining o‘zi ham mavsumoldi tayyorgarligini Maykl Kerrik boshchiligida boshlashga tayyor.

Hozircha Reshfordning «Manchester Yunayted»da qolishiga kafolat yo‘q, chunki unga boshqa klublardan takliflar tushishi mumkin. Shunga qaramay, bu qadam tomonlar o‘rtasidagi ishonchni tiklash yo‘lidagi muhim bosqich sifatida baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum Markus Reshford ijara asosida «Barselona» safida to‘p surgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar