Bugun
3
O'zbek

Laporta: «Umid qilamanki, «Barselona»ga o‘tishni xohlagan o‘yinchilarning orzularini amalga oshiramiz»

Futbol
30 iyun, 05:42
«Barselona» prezidenti klub safiga qo‘shilishni xohlagan o‘yinchilar haqidagi savolga javob berdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Laporta: «Umid qilamanki, «Barselona»ga o‘tishni xohlagan o‘yinchilarning orzularini amalga oshiramiz»
Foto: Getty Images

«Barselona» prezidenti Joan Laporta 64 yoshni qarshilagan kunida Kataloniya klubiga o‘tishni xohlagan o‘yinchilar haqidagi savolga javob berdi.

«Ma’lumki, orzular ular uchun harakat qilib, kurashsa ro‘yobga chiqadi. Umid qilamanki, «Barselona»ga kelishi kerak bo‘lgan o‘sha futbolchilarning orzularini amalga oshiramiz».

Shuningdek, Laporta 1-iyulda rasman boshlanadigan yangi prezidentlik muddati haqida ham o‘z fikrlarini bildirdi.

«Biz «Barselona»ning institut sifatidagi mavqeini mustahkamlashda davom etamiz. Yangidan yaratilgan stadion va muvaffaqiyatli yo‘lda harakatlanuvchi sport loyihamiz bo‘ladi», — deya funksionerning so‘zlaridan iqtibos keltirdi El Chiringuito.

Ma’lumot uchun, Joan Laporta joriy yilning 15-mart kuni «ko‘k-anorranglilar» prezidenti lavozimiga qayta saylangandi. U avval bu lavozimda 2003 – 2010 va 2021 – 2026-yillarda faoliyat yuritgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar