Germaniya milliy jamoasi sobiq a’zosi Lotar Matteus jamoaning JCH‑2026dagi o‘yinini tanqid qildi va asosiy muammolar haqida gapirdi. Paragvayga imkoniyatni boy berib qo‘ygan nemislar musobaqani 1/16 final bosqichidayoq tark etishga majbur bo‘ldi.
«To‘g‘risini aytsam, milliy jamoa Yulian Nagelsman qo‘l ostida qanday qilib kuchayishi mumkinligini tasavvur qila olmayapman. Jahon chempionatidan keyin jamoa yangi bosqichni boshlashi kerak — boshqa murabbiy bilan. Vaziyat jiddiylashib ketdi. Matbuotda yana shov-shuv ko‘tarildi — bunday muhokama to‘lqinlari menga 1994-yildan tanish.
Hali ham musobaqa boshidan futbolchilarning oilalari ular bilan birga bo‘lish sababini tushuna olmayapman. Logistika masalalari - parvozlar, mehmonxonalarni band qilish - jamoa ichidagi muhokamalarda doimiy ravishda ko‘tarilib turar va bu vaziyatni yanada keskinlashtirar edi: futbolchilar bir-biridan norozi edi.
O‘z navbatida, jamoaning barcha a’zosiga bir xil vaziyat yaratib berilmadi: kimdir onasi bilan uchishi mumkin bo‘lsa, boshqasi — ayoli va bolalari bilan, qolganlarga esa oddiy tijoriy reyslar nasib qildi.
Jamoa Amerikaga borganiga 2 haftadan ko‘p bo‘lmadi, lekin oila a’zolari bu vaqtni to‘liqligicha o‘sha yerda o‘tkazdi. Aslida chorakfinal yo‘llanmasi qo‘lga kiritilgach, agarda bu amalga oshsa, ularni futbolchilarning yoniga olib borish mantiqan to‘g‘ri bo‘lardi», — deya Matteus so‘zlaridan iqtibos keltirdi Bild.