Paragvay milliy jamoasi yarimhimoyachisi Xulio Ensiso Germaniya darvozasiga urgan golini hissiyotga berilgancha ta’rifladi.
Ma’lumot uchun, jahon chempionati-2016 1//16 finalida Paragvay Germaniyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
«Bobom bilan futbol ko‘rib o‘tirganim yodimda. Bu g‘alabani unga bag‘ishlayman, u mendan faxrlanyapti. Bu hayotimdagi eng yaxshi kun. Ko‘z oldimda faqat uning siymosi turadi: bizning keyingi bosqichga o‘tganimiz — xudodan va undan berilgan sovg‘a», — deya Ensisoning so‘zlarini keltirdi DSports.
Eslatib o‘tamiz, Paragvay milliy jamoasi 2010-yildan buyon uchta jahon chempionati final bosqichini o‘tkazib yuborgan edi. Endi jamoa 1/8 finalda Fransiya — Shvetsiya juftligi g‘olibi bilan uchrashadi.