«Inter» darvozabon Yan Zommer bilan xayrlashganini rasman e'lon qildi.
Klub xabariga ko‘ra, 37 yoshli shveysariyalik posbon jamoani shartnomasi yakuniga yetgani sabab tark etdi.
Zommer 2023 yilning avgust oyida «Inter» safiga kelib qo‘shilgandi. U uch mavsum davomida milanliklar safida jami 139 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Shu vaqt ichida tajribali darvozabon «Inter» bilan to‘rtta sovrinni qo‘lga kiritdi. U ikki bor A Seriya chempioni bo‘ldi, shuningdek, Italiya Kubogi va Italiya Superkubogida ham zafar quchdi.