Bugun
3
O'zbek

«Barselona» JCHdan keyin Alvares uchun 130 million yevro taklif qilishi mumkin

Futbol
30 iyun, 06:48
Harri Keyn esa Kataloniya klubiga o‘tishga qiziqmayapti.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Barselona» JCHdan keyin Alvares uchun 130 million yevro taklif qilishi mumkin
Foto: Getty Images

«Barselona» yozgi transfer oynasida «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresni qo‘lga kiritish uchun yangi taklif tayyorlamoqda.

The Athletic xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar JCH-2026 yakunlanganidan so‘ng argentinalik forvard uchun taxminan 130 million yevro taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Manbaga ko‘ra, «Barselona» rahbariyati so‘nggi haftalarda «Atletiko» bilan munosabatlar taranglashganini tan olmoqda. Shunga qaramay, klub madridliklar yaqin orada muzokaralarga rozi bo‘lishiga umid qilmoqda.

Shuningdek, «Barselona» yaqinda «Bavariya» hujumchisi Harri Keyn vakillari bilan ham bog‘langani aytilmoqda. Biroq bu faqat dastlabki muloqot bo‘lgan. Angliyalik futbolchi Myunxen klubini tark etishga qiziqmayapti va yaqin orada shartnomasini uzaytirishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Atletiko» «Barselona»ning Xulian Alvares uchun taxminan 100 million yevrolik taklifini rad etgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Atletico Madrileno Atletico Madrileno
Bugungi yangiliklar