Bugun
3
O'zbek

Klinsmann: «Germaniya chuqur inqirozda, bu sharmandali natija»

Futbol
30 iyun, 07:02
Sobiq hujumchi milliy jamoaning JCH-2026dagi ishtirokini keskin tanqid qildi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Klinsmann: «Germaniya chuqur inqirozda, bu sharmandali natija»
Foto: Getty Images
29.06.2026 AP Jahon chempionati (JCH-2026) Germaniya Germaniya (3) 1 : 1 (4) Paragvay Paragvay

Germaniya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Yurgen Klinsmann JCH-2026 1/16 finalida Paragvayga qarshi uchrashuvdagi mag‘lubiyat (1:1, penaltilar — 3:4) haqida fikr bildirdi.

«Turnirni aynan shunday tarzda tark etganimiz juda alamli. Nazarimda, jamoa 120 daqiqa davomida o‘yinni nazorat qilishga tayyor emas edi. Futbolchilarda Paragvay kabi kuchli raqibni mag‘lub etish uchun zarur bo‘lgan energiya, qat'iyat va agressivlik yetishmadi. Bu qiyin o‘yin bo‘lishini oldindan bilardik.

Shuningdek, penaltilar seriyasiga ham tayyor emasdek ko‘rindik. Bu biz uchun g‘alati holat, axir odatda penaltilar seriyasini yaxshi ko‘radigan jamoa edik», — dedi Klinsmann.

U Germaniya milliy jamoasining ketma-ket uchinchi mundialdagi muvaffaqiyatsiz ishtirokiga ham to‘xtaldi.

«Bunday tarzda musobaqani tark etish sharmandali. Hech kim buni kutmagandi. Bu natija to‘rt yil avval Qatardagi va sakkiz yil oldin Rossiyadagi muvaffaqiyatsizlik kabi og‘ir. Germaniya jamoasi chuqur inqirozda. Endi hammasini jiddiy tahlil qilishimiz kerak. Albatta, buning oqibatlari bo‘ladi», — deya qo‘shimcha qildi Germaniya milliy jamoasining sobiq futbolchisi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Germaniya Germaniya
  • Paragvay Paragvay
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar