Rossiyaning «Rubin» klubining ispaniyalik sobiq futbolchisi Sesar Navas Ispaniya milliy jamoasining mundialdagi ishtiroki va imkoniyatlari haqida gapirdi.
- Ispaniya jahon chempionatining favoritlaridan biri, deb o‘ylaysizmi?
- Shubhasiz, ha. ammo Ispaniyaga ketma-ket ikkinchi yirik xalqaro forumda g‘alaba qozonishga boshqa jamoalar qarshilik qiladi. Ispanlarning g‘alabaga erishish imkoniyatlarini ancha yuqori baholayapman. Biroq ularga Fransiya va Argentina muammo tug‘dirsa kerak. Boshqa tomondan Yevropa va Janubiy Amerikaning boshqa jamoalari ham bosh og‘riq bo‘lishi mumkin.
- Bu jamoaning yetakchisi kim? Yoki hozircha unday futbolchi yo‘qmi?
- Shunchaki futbolchilardan birini aytib yuborish to‘g‘ri bo‘lmaydi: murabbiylar shtabi individual imkoniyatlarga emas, balki jamoaviy o‘yinga urg‘u bergan.