Live
2
O'zbek

Xavi Galan "Selta"ga o'tdi

Futbol
1 iyul, 10:10
Himoyachiga Vigo klubi begona emas.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Xavi Galan "Selta"ga o'tdi
Foto: Getty Images

Xavi Galan La Ligadagi klubini o'zgartirdi.

"Osasuna" bilan shartnomasi yakunlangan 31 yoshli chap qanot himoyachisi faoliyatini "Selta"da davom ettiradigan bo'ldi.

Ispaniyalik futbolchi Vigo klubi bilan 2028 yil yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Xaviga "Selta" begona emas — bu jamoada 2021-2023 yillar oralig'ida ham o'ynagan.

Galan o'tgan mavsumda La Ligada 20 bor maydonga tushib, 1 ta golga assistentlik qilgan.

Himoyachi faoliyati davomida "Atletiko", "Real Sosiedad", "Ueska" va "Kordoba" jamoalarida ham to'p tepgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Selta Vigo Selta Vigo
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar