Bugun
6
O'zbek

Kamavinga «Manchester Siti»ga taklif qilindi

Futbol
1 iyul, 17:17
«Real» yarimhimoyachisining kelajagi borasidagi mish-mishlar davom etmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Kamavinga «Manchester Siti»ga taklif qilindi
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Eduardo Kamavinga «Manchester Siti»ga taklif qilindi.

The Touchline nashri jurnalist Matteo Morettoga tayanib xabar berishicha, 23 yoshli futbolchining nomzodi Angliya grandi rahbariyatiga tavsiya etilgan. Ayni paytda «Manchester Siti» Kamavingani o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval OAVda «Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo Eduardo Kamavingani o‘z rejalariga kiritmagani va yozgi transfer oynasida uni qo‘yib yuborishga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgandi.

Ma'lumot uchun, Transfermarkt portali Eduardo Kamavinganing transfer qiymatini 50 million yevroga baholamoqda. Uning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar