Senegal milliy jamoasi vingeri Ismoil Sarr JCH-2026 1/16 finalida Belgiyaga qarshi (2:3) bahsda gol urib, tarixiy natijaga erishdi.
Ushbu gol 28 yoshli futbolchi uchun Jahon chempionatlaridagi beshinchi gol bo‘ldi. Shu tariqa, Sarr Senegal milliy jamoasi tarixida mundiallarda eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylandi. Buning uchun unga 11 ta uchrashuv kifoya qildi.
Qizig‘i shundaki, uning beshta golidan to‘rttasi aynan AQSH, Kanada va Meksikada o‘tayotgan JCH-2026 bahslariga to‘g‘ri kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ismoil Sarr 2016 yildan buyon Senegal milliy jamoasi safida to‘p surib kelmoqda.
Ma'lumot uchun, 28 yoshli futbolchi hozirgacha Senegal milliy jamoasi safida 87 ta uchrashuvda maydonga tushib, 23 ta gol muallifiga aylangan.