JCH-2026 1/16 finalidan o‘rin olgan Belgiya – Senegal bahsi yakuniga yetdi. Qo‘shimcha bo‘limlargacha cho‘zilgan uchrashuvda belgiyaliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Endilikda Belgiya chorakfinal yo‘llanmasi uchun Bosniya va Hersegovina hamda AQSH o‘rtasidagi bahs g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.
Ayni paytda JCH-2026 1/8 finalining quyidagi juftliklari ma'lum:
- Fransiya — Paragvay;
- Kanada — Marokash;
- Meksika — Angliya;
- Norvegiya — Braziliya.
Belgiya esa Bosniya va Hersegovina — AQSH juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.
Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 1/8 final uchrashuvlari 4–7 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.
Ma'lumot uchun, mundial g‘olibi 19 iyul kuni o‘tkaziladigan final bahsidan so‘ng aniqlanadi.
