Angliya milliy jamoasi hujumchisi Harri Keyn JCH-2026 1/16 finalida Kongo DRga qarshi bahsda (2:1) tarixiy natijaga erishdi.
Opta ma'lumotiga ko‘ra, Keyn Angliya jamoasi tarixida Jahon chempionatlari o‘yinlarining asosiy vaqtida 75-daqiqadan keyin ikkita gol urgan ilk futbolchiga aylandi.
«Bavariya» forvardi mazkur uchrashuvda 75 va 86-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasiga irodali g‘alabani taqdim etdi. U uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Eslatib o‘tamiz, Angliya ushbu g‘alaba evaziga JCH-2026 1/8 finaliga yo‘l oldi.
Ma'lumot uchun, inglizlar 1/8 finalda 6 iyul kuni Meksikaga qarshi maydonga tushadi.