Live
1
O'zbek

Angliya JCH pley-offida Afrika jamoalariga qarshi 100 foizlik natijani saqlab qoldi

Futbol
1 iyul, 18:45
Angliyaliklar Jahon chempionatlari pley-offida Afrika milliy jamoalariga qarshi uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Angliya JCH pley-offida Afrika jamoalariga qarshi 100 foizlik natijani saqlab qoldi
Foto: Getty Images
01.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Angliya Angliya 2 : 1 Kongo Demokratik Respublikasi Kongo Demokratik Respublikasi

Angliya milliy jamoasi JCH-2026 1/16 finalida Kongo DRni 2:1 hisobida mag‘lub etib, Jahon chempionatlari pley-off bosqichidagi o‘ziga xos rekordini davom ettirdi.

Squawka ma'lumotiga ko‘ra, inglizlar mundial pley-off bosqichida Afrika qit'asi vakillariga qarshi o‘tkazgan uchala uchrashuvida ham g‘alaba qozongan.

Avvalroq Angliya 1990 yilgi Jahon chempionatida Kamerunni 3:2, 2022 yilgi mundialda esa Senegalni 3:0 hisobida mag‘lub etgandi.

Eslatib o‘tamiz, Angliya Kongo DRga qarshi bahsda Harri Keynning dubli evaziga 2:1 hisobida zafar quchib, JCH-2026 chorakfinali yo‘lidagi navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.

Ma'lumot uchun, JCH-2026 AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkazilmoqda. Turnirning final uchrashuvi 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
  • Kongo Demokratik Respublikasi Kongo Demokratik Respublikasi
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar