Angliya milliy jamoasi sardori Harri Keyn JCH-2026 1/16 finalida Kongo DR ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g‘alabadan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Rostini aytsam, hissiyotlar ajoyib. Juda og‘ir o‘yin bo‘ldi. Raqib juda kuchli jamoa ekan. Tanaffusdan keyin ancha yaxshi o‘ynadik, ularning darvozaboni bir nechta ajoyib seyvlarni amalga oshirdi. Butun hafta davomida har kimning o‘z yulduzli lahzasi bo‘lishi mumkinligini gapirdik va bugun bu lahza menga nasib etdi.
Biz doim o‘zimizga ishonishimiz kerakligini takrorladik. Albatta, hali yaxshilashimiz kerak bo‘lgan jihatlar bor. Ammo pley-offda eng muhimi — keyingi bosqichga chiqish. Hozir turnir shunday bosqichga yetdiki, har bir g‘alaba uchun oxirigacha kurashishga to‘g‘ri keladi va bugun aynan shunday qildik.
Biz boshqa milliy jamoalardan farq qilmaymiz. Keyingi bosqichga chiqdik, endi bundan zavqlanishimiz kerak. Muxlislarimiz ham bu quvonchni biz bilan baham ko‘rishini istayman. To‘rt kundan keyin esa yana maydonga qaytamiz.
Xorvatiyaga qarshi o‘yindan keyin zaxiradan tushadigan futbolchilarning ahamiyati haqida gapirgandik. Bugun ham buni ko‘rdik. Bizga 90 daqiqa davomida qarshilik ko‘rsatish oson emas. Ushbu g‘alabaga hissa qo‘shgan barchadan xursandman va shu ruhda davom etishimizga umid qilaman», — dedi Keyn FIFA rasmiy saytiga.
Eslatib o‘tamiz, Harri Keyn ushbu bahsda dubl qayd etib, Angliyaga 2:1 hisobidagi irodali g‘alabani taqdim etdi. Uning Jahon chempionatlaridagi gollari soni 13 taga yetdi.
Ma'lumot uchun, Angliya JCH-2026 1/8 finalida 6 iyul kuni Meksikaga qarshi maydonga tushadi.