Angliya milliy jamoasi vingeri Entoni Gordon JCH-2026 1/16 finalida Kongo DRga qarshi bahsda (2:1) tarixiy rekord o‘rnatdi.
61-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Gordon Harri Keynning ikkala goliga ham assistentlik qildi. Shu tariqa u Jahon chempionatlari tarixida pley-off bosqichida zaxiradan tushib, ikkita golli uzatma bergan ilk futbolchiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, Entoni Gordon JCH-2026 boshlanishi arafasida «Nyukasl»dan «Barselona»ga ko‘chib o‘tgandi. Uning transferi 80 million yevrodan ortiq mablag‘ga baholangan.
Ma'lumot uchun, Angliya JCH-2026 1/8 finalida 6 iyul kuni Meksikaga qarshi maydonga tushadi.