"Nottinghem Forest" klubi Oliver Glasner bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, avstriyalik mutaxassis bilan tez kunlarda rasmiy bitim imzolanadi.
Eslatib o'tamiz, "Nottinghem Forest" avvalgi bosh murabbiyi Vitor Pereyrani iste'foga chiqargan edi. Portugaliyalik mutaxassis jamoani 2026 yil fevral oyidan boshqardi.
Uning qo'l ostida "o'rmonchilar" Yevropa ligasi yarimfinaligacha yetib borishdi hamda Angliya Premer-ligasida jon saqlab qolishga muvaffaq bo'lishdi.
Ma'lumot uchun, Glasner esa "Kristal Peles"dagi faoliyatini yakunlagandi.