Live
1
O'zbek

Keyn milliy jamoalar tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida Pushkashga yetib oldi

Futbol
1 iyul, 19:30
Angliya sardori milliy jamoa safidagi gollari sonini 84 taga yetkazdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Keyn milliy jamoalar tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida Pushkashga yetib oldi
Foto: Getty Images
01.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Angliya Angliya 2 : 1 Kongo Demokratik Respublikasi Kongo Demokratik Respublikasi

Angliya milliy jamoasi hujumchisi Harri Keyn JCH-2026 1/16 finalida Kongo DRga qarshi bahsda (2:1) dubl qayd etib, milliy jamoa safidagi gollari sonini 84 taga yetkazdi.

Shu tariqa, 32 yoshli forvard milliy jamoalar tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida afsonaviy vengriyalik Ferens Pushkashga yetib oldi. Keyn bu natijaga 118 ta o‘yinda erishgan bo‘lsa, Pushkash 84 ta golni 85 uchrashuvda urgan.

Endi angliyalik hujumchining navbatdagi maqsadi — BAA milliy jamoasi sobiq hujumchisi Ali Mabxutning 85 gollik natijasini ortda qoldirish.

Eslatib o‘tamiz, Harri Keyn JCH-2026 1/16 finalida Kongo DR darvozasiga ikkita gol urib, Angliyani turnirning keyingi bosqichiga olib chiqdi.

Ma'lumot uchun, milliy jamoalar tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatini Krishtianu Ronaldu 145 gol bilan boshqarib bormoqda. Ikkinchi o‘rinda Lionel Messi (123), uchinchi pog‘onada esa Ali Daei (108) joylashgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
  • Kongo Demokratik Respublikasi Kongo Demokratik Respublikasi
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar