Belgiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Rudi Garsiya 2026 yilgi jahon chempionati 1/16 final bosqichida Senegalga qarshi o‘yin (3:2)dan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
«Futbolda ishonch bo‘lsa, hamma narsaning iloji bor. Bu jamoaning kuchi faqat asosiy tarkibda emas, balki zaxiradan maydonga tushadigan futbolchilarda ham. Chunki faqat 11 nafar futbolchi bilan natijaga erishib bo‘lmaydi.
Biz birinchi bo‘limning ikkinchi yarmidan boshlab kerakli o‘zgarishlarni amalga oshirdik. Hujumlarni yakunlovchi uzatmalarni darvozadan ortiqcha uzoqda berayotgan edik, bunday qilishning hojati yo‘q edi.
Bu kamchilikni to‘g‘riladik va o‘yinimiz ancha yaxshilandi, garchi ikkinchi golni o‘tkazib yuborgan bo‘lsak ham», — dedi Garsiya FIFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Ma'lumot o‘rnida, Belgiya milliy jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati nimchorakfinal bosqichida AQSH — Bosniya va Gersegovina uchrashuvi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.