Belgiya milliy jamoasi vingeri Leandro Trossar 2026 yildagi jahon chempionatida eng ko'p golli vaziyat yaratgan futbolchilar reytingida peshqadam bo'lib turibdi.
31 yoshli futbolchi Senegalga qarshi 1/16 final bosqich doirasidagi bahsda (3:2) jamoasining qahramonlaridan biriga aylandi. U ushbu uchrashuvda bitta assist amalga oshirdi.
Shuningdek, 109-daqiqada almashtirilgan «to'pchilar» vakili Belgiya milliy jamoasidagi sheriklari uchun yana uchta golli vaziyat yaratdi. WhoScored ma'lumotiga ko'ra, Trossar hozirga qadar turnirda jami 16 marta sheriklarini zarba berish imkoniyatiga chiqargan va bu ko'rsatkich bo'yicha 1-o'rinni egallab turibdi.
2-o'rinda 14 ta golli vaziyat bilan Ashraf Hakimi joylashgan. 3-pog'onani esa Deklan Rays, Florian Virtz va Sadio Mane band etib turibdi. Ularning har biri hisobida 12 tadan golli vaziyat mavjud.