27 yoshli senegallik yarimhimoyachi Pap Geye milliy jamoa uchun 2026 yilgi jahon chempionati yakunlanganidan keyin kelajagi haqida keskin bayonot berdi.
"Bu murabbiylar shtabi qolar ekan, men milliy jamoaga qaytmayman", — dedi Geye. Eslatib o'tamiz, Senegal milliy jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatini 1/16 final bosqichida yakunladi.
Pap Tiav boshchiligidagi jamoa 1/8 finalga chiqa olmadi. Senegalliklar Belgiya qarshi bahsda 86-daqiqaga qadar 2:0 hisobida oldinda borayotgan bo'lsa-da, yakunda g'alabani saqlab qola olmadi. Afrika vakilini musobaqadan chiqarib yuborgan hal qiluvchi gol qo'shimcha vaqtning 120+5-daqiqasida penaltidan urildi.
45 yoshli Pap Tiav 2025 yil mart oyidan buyon Senegal milliy jamoasini boshqarib kelmoqda. Uning bosh murabbiyligida jamoa 2026 yilgi Afrika millatlar kubogi finaligacha yetib borgan.