Bugun
9
O'zbek

Kurtua Belgiyaning super kambekiga munosabat bildirdi

Futbol
2 iyul, 05:30
Darvozabon jamoasining xarakteri va oxirigacha kurashganini alohida ta'kidladi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Kurtua Belgiyaning super kambekiga munosabat bildirdi
Foto: Getty Images
01.07.2026 AET Jahon chempionati (JCH-2026) Belgiya Belgiya 3 : 2 Senegal Senegal

Belgiya milliy jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua JCH-2026 1/16 finalida Senegal ustidan qozonilgan 3:2 hisobidagi irodali g‘alabaga izoh berdi.

«Juda og‘ir bahs bo‘ldi. O‘yin davomida 0:2 hisobida ortda borayotgan edik, ammo o‘zimizga bo‘lgan ishonchni yo‘qotmadik. Futbolda bitta gol ham uchrashuv taqdirini butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin. Bu safar hammasi bizning foydamizga hal bo‘ldi. Jamoam bilan faxrlanaman», — dedi Kurtua.

Eslatib o‘tamiz, Belgiya milliy jamoasi asosiy vaqt yakunlanishiga oz qolganida 0:2 hisobida mag‘lub bo‘layotganiga qaramay, hisobni tenglashtirdi va qo‘shimcha bo‘limlarda 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Ma'lumot uchun, Rudi Garsiya shogirdlari JCH-2026 1/8 finalida AQSH milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Belgiya Belgiya
  • Senegal Senegal
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar