Belgiya milliy jamoasi hujumchisi Romelu Lukaku JCH-2026 1/16 finalida Senegalga qarshi bahsda (3:2) nima sababdan hal qiluvchi penaltini o‘zi tepmaganiga izoh berdi.
Uchrashuvning 125-daqiqasida senegallik futbolchilarning e'tirozlari sabab yuzaga kelgan tanaffus vaqtida Lukaku to‘pni qo‘liga olib, penaltini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rgandi. Biroq yakunda u zarba berish huquqini jamoa sardori Yuri Tilemansga topshirdi. Yarimhimoyachi penaltini aniq amalga oshirib, Belgiyaga g‘alaba keltirdi.
«Ha, men penalti tepmoqchi edim. Ammo ruhiy jihatdan bunday murakkab va hal qiluvchi vaziyatga tayyor emasligimni his qildim. Shu sababli zarbani Yuriga ishonib topshirdim. Jamoa hamma narsadan ustun», — dedi Lukaku.
Eslatib o‘tamiz, Belgiya milliy jamoasi Senegalni qo‘shimcha bo‘limlarda 3:2 hisobida mag‘lub etib, JCH-2026 1/8 finaliga yo‘l oldi.
Ma'lumot uchun, Rudi Garsiya shogirdlari mundialning keyingi bosqichida AQSH milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi.