1995 yildagi «Oltin to'p» sohibi Jorj Veaning fikricha, hozircha Lamin Yamalni Kilian Mbappe bilan taqqoslab bo'lmaydi.
Fransiya milliy jamoasi hujumchisi 2026 yilgi Jahon chempionatining 1/16 finalida Shvetsiyaga qarshi oʻyinda dubl qayd etdi va jamoasining 3:0 hisobidagi gʻalabasiga hissa qoʻshdi. Turnir davomida u 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
«Mbappe — haqiqiy fenomen. U — juda yaxshi futbolchi va ajoyib to'purarlik qobiliyatiga ega.
Lamin Yamal esa hali yosh yigit, shuning uchun uni Kilian Mbappe bilan taqqoslash to'g'ri emas. Mbappe — fenomen, Yamal esa hali o'sish jarayonida.
Lamin Yamalning yanada rivojlanishiga umid qilaman, ammo uni Mbappe bilan taqqoslab bo'lmaydi. Hamma biladiki, hozircha Mbappe ancha kuchli», — dedi Vea El Chiringuito telekanali efirida.
