Live
2
O'zbek

Ibrahimovich: "Jahonning eng kuchli 5 futbolchisidan 3 nafari Fransiya hujum chizig'ida o'ynamoqda"

Futbol
1 iyul, 14:25
Shvetsiyalik sobiq forward "uchranglilar"ning hujumchilarini maqtadi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Ibrahimovich: "Jahonning eng kuchli 5 futbolchisidan 3 nafari Fransiya hujum chizig'ida o'ynamoqda"
Foto: Getty Images

Shvetsiya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Zlatan Ibrahimovich Fransiyaning hujum chizig'ini yuqori baholadi.

«Dunyoning eng yaxshi besh futbolchisidan uch nafari Fransiya hujumida to'p tepmoqda — Dembele, Olise va Mbappe. Qolgan ikki o'ringa Holand va Yamalni qo'yish mumkin. Messi esa boshqa darajadagi futbolchi.

Eng muhimi, Fransiya hujumida shu uch futbolchi birga o'ynamoqda. Bunday yulduzlardan samarali kombinatsiya tuzish oson emas. Masalan, bir vaqtlar "PSJ" safida Mbappe, Messi va Neymar birga o'ynagan, ammo bu doim ham 100 foiz samara bermagan.

Fransiyadagi uchlik esa kim birinchi raqamli futbolchi ekanini aniqlashtirish uchun o'zaro raqobat qilishmayapti. Ular to'psiz ham katta hajmdagi ishni bajarishadi, bu esa yanada muhim. Chunki to'p bilan ular nimalarga qodir ekanini hamma yaxshi biladi.

Ularning har biri o'yin taqdirini yakka o'zi hal qila oladi. Bu esa raqiblar uchun qo'rqinchi»,
— deya Ibrahimovichning so'zlarini keltiradi RMC Sport.

Zlatan Ibrahimovic
Foto: Getty Images

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar