Live
1
O'zbek

«Real» Olise transferi uchun 3 nafar futbolchisini sotib yuborishga tayyor – manba

Futbol
1 iyul, 15:46
Madrid klubi fransiyalik vingerni sotib olishga jiddiy kirishgan.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
«Real» Olise transferi uchun 3 nafar futbolchisini sotib yuborishga tayyor – manba
Фото: Getty Images

«Real» klubi «Bavariya» vingeri Maykl Oliseni sotib olishga jiddiy kirishgan. Bu haqda El Nacional nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «qaymoqranglilar» rahbariyati fransiyalik uchun beriladigan taklifni bonuslar bilan birga 213 million yevrogacha oshirishga tayyor.

Ushbu transferni moliyalashtirish va tarkibni qayta qurish maqsadida Madrid klubi rahbariyati uch nafar futbolchisi bilan xayrlashishga rozi.

Qayd etilishicha, «Real» Eduardu Kamavinga, Alvaro Karreras va Din Heysenni transferga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘yinchilarning sotuvi Olisening xaridi uchun sarflanadigan xarajatlarni qoplashi kerak.

O‘tgan mavsumda Olise barcha turnirlarda 52 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 31 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar