Harri Keyn JCH-2026 1/16 finalidan o'rin olgan Kongo DR (2:1) bilan bahsda dublga erishdi.
Natijada inglizlar sardorining mundiallardagi gollari 13 taga yetdi va u turnir tarixidagi to'purarlar ro'yxatida uch karra jahon chempioni Peleni (12) ortda qoldirdi.
Endi 32 yoshli forvard 6-o'rindagi fransiyalik Jjust Fontenga yetib oldi. Oldinda Lionel Messi (Argentina, 19), Kilian Mbappe (Fransiya, 18), Miroslav Kloze (Germaniya, 16), Ronaldu (Braziliya, 15) va Gerd Myuller (Germaniya, 14) bor.
Eslatib oʻtamiz, Keyn Kongoga qarshi bellashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Keyn JCH to'purarlari ro'yxatida Peleni ortda qoldirdi
Futbol
1 iyul, 17:05
Angliyalik hujumchi bu borada 6-pog'onaga ko'tarildi.
Foto: Getty Images
01.07.2026
FT
Jahon chempionati (JCH-2026)
Angliya
2
:
1
Kongo Demokratik Respublikasi