«Arsenal» hujumchisi Viktor Gokeresh faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.
ElNacional.cat xabariga ko‘ra, «Barselona» shvetsiyalik forvardga bo‘lgan qiziqishini yana tiklagan. Futbolchining o‘zi ham o‘tgan mavsum «Arsenal» safida muntazam asosiy tarkibda maydonga tushmagani sabab Kataloniya klubiga o‘tishga tayyor.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, ehtimoliy transfer qiymati 60 million yevroni tashkil qilishi mumkin.
Gokeresh 2025 yilda «Sporting»dan «Arsenal»ga 67 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan. Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Viktor Gokeresh 2025/26 yilgi mavsumda «Arsenal» safida barcha musobaqalarda 55 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma'lumot uchun, Gokeresh so‘nggi yillarda Yevropadagi eng sermahsul hujumchilardan biri sifatida e'tirof etilmoqda.