"Barselona" prezidenti Joan Laporta "Atletiko" hujumchisi Xulian Alvares bilan bog'liq vaziyat haqida gapirdi.
"Atletiko" bilan shaxsan gaplashdim va vaziyat nimada ekanini aniq tushuntirdim. Deku ushbu futbolchi uchun ma'lum bir summadagi taklifni kiritdi. Futbolchi allaqachondan beri "Barselona"ga o'tishni xohlayotganini bilamiz. Bu taklifni "Atletiko"ga bo'lgan to'liq hurmat bilan qildik. Ular bizga futbolchini sotish niyatida emasliklarini, chunki ularda muqobil variant yo'qligini ma'lum qilishdi. Men esa agar ularda bunday variant paydo bo'lsa, taklifimiz kuchida qolishini aytdim.
Biz ushbu taklifni o'zimiz zarur deb hisoblagancha kuchida ushlab turamiz, ammo "Atletiko" bu masala bo'yicha qanday qaror qabul qilishiga qaram bo'lib qolmaymiz. Ular bizning niyatlarimizdan xabardor, agar ular buni xohlasalar, biz xursand bo'lamiz. Ular bizning maksimal hurmatimizga loyiq, bizda ham institutsional, ham shaxsiy darajada yaxshi munosabatlar shakllangan.
Oxirgi vaqtlarda bo'lgan ba'zi reaksiyalar borki, ularni xotirjam tahlil qilib chiqmoqchiman, ammo vaziyat shunday: taklif mavjud. Agar biz buni maqsadga muvofiq deb hisoblasak, uni kuchida qoldirishga tayyormiz, buning imkoni bor. Umid qilamanki, agar ularda muqobil variant paydo bo'lsa, "Atletiko" "Barselona"ning taklifini inobatga oladi. Taklifning amal qilish muddati cheksiz emas, voqealar rivojiga qarab bu masaladagi pozitsiyamizni ma'lum qilib boramiz", — dedi Laporta.