Live
1
O'zbek

"Sporting" "Betis"dan Altimiranı sotib oldi

Futbol
1 iyul, 16:35
Ispaniyalik yarimhimoyachi lissabonliklar bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
"Sporting" "Betis"dan Altimiranı sotib oldi
Foto: Sporting Lisbon

"Sporting" mavsumlar oralig'idagi navbatdagi transferini e'lon qildi.

Lissabon klubi 18 million yevro evaziga "Betis" yarimhimoyachisi Serxi Altimiranı sotib oldi. Yana 2 million yevro bonuslar bor.

24 yoshli ispan "Sporting" bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Uning tovon puli 80 million yevro etib belgilandi.

Altimira o'tgan mavsumda La Ligada 24 bor maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Sporting CP Sporting CP
  • Portugaliya Premer-ligasi Portugaliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar