«Nyukasl» klubi «Tottenhem» yarimhimoyachi Archi Greyning transferi boʻyicha rasmiy taklif yubordi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga koʻra, «taqachilar» angliyalik 20 yoshli futbolchi boʻyicha taklifni rad etgan. Shunga qaramay, «qarğalar» Greyga boʻlgan qiziqishni saqlab qolgan.
Ma'lumot uchun, Grey 2024 yilning yozida «Lids»dan 41 million yevro evaziga «Tottenhem»ga oʻtgan edi.
Oʻtgan mavsumda u barcha turnirlarda 32 ta oʻyinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha moʻljallangan.