O‘zbekistonlik FIFA hakami Ilgiz Tantashev va uning brigadasi 2026 yilgi Jahon chempionatining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan Paragvay – Fransiya bahsiga tayinlandi.
Tantashevga qanot hakamlari Andrey Sapenko va Timur Gaynullin yordam beradi.
Bellashuv 4 iyul kuni AQSHning Filadelfiya shahrida bo‘lib o‘tadi. Ushbu o‘yin AQSH mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanalar doirasiga to‘g‘ri kelayotganligi bois stadionga mamlakatning yuqori martabali davlat amaldorlari ham tashrif buyurishi kutilmoqda.
JCH-2026. Ilgiz Tantashev Fransiya — Paragvay o‘yinini boshqaradi
Futbol
2 iyul, 13:25
AQSHning mustaqillik bayrami nishonlanadigan kuni stadionga yuqori martabali davlat amaldorlari ham tashrif buyuradi.
Foto: Getty Images
04.07.2026, 17:00
Jahon chempionati (JCH-2026)
Paragvay
-
:
-
Fransiya