Bugun
9
O'zbek

Ularning faoliyatida yangi sahifa yoxud 2 nafar futbolchimiz Portugaliyaning "Braga" klubiga ko'chib o'tdi

Futbol
2 iyul, 03:43
Sayfiddin Sodiqov va Sadriddin Hasanov Portugaliyaga yo'l oldi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Ularning faoliyatida yangi sahifa yoxud 2 nafar futbolchimiz Portugaliyaning "Braga" klubiga ko'chib o'tdi
Фото: ЎФА

O'tgan yili o'smirlar o'rtasida Osiyo chempionligi qo'lga kiritgan milliy jamoamiz a'zolari yevropalik agentlarning e'tiboriga tushishgandi. Natijada futbolchilarimiz – Sayfiddin Sodiqov va Sadriddin Hasanov Portugaliyaning "Braga" klubining jiddiy qiziqishlariga sabab bo'ldi. Faqat yosh masalasi o'laroq, ularni qo'lga kiritish biroz keyinroqqa surilgandi.

Ma'lumki, Sayfiddin Sodiqov 2008 yilning 27 iyun sanasida Toshkentda tavallud topgan. Qanot yarim himoyachisi "Odil Junior" akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanaladi. O'zbekiston U17 milliy jamoamiz bilan Osiyo chempioni bo'ldi va jahon chempionatida qatnashdi. Futbolchi birinchi davrani Superligada "Andijon" safida o'tkazdi. Ilk bor ushbu klub sharafini himoya qilgan holda Superlida debyutini o'tkazishga muvaffaq bo'ldi. U uchta uchrashuvda maydonga tushdi. 30 iyun kuni uni "Andijon" bilan tuzilgan ijaraga shartnomasi yakunlandi.

Sadriddin Hasanova 2008 yilning 21 may kuni tavallud topgan. U hujumkor vinger. Bungacha "Bunyodkor" tarbiyalanuvchisi sifatida klub sharafini himoya qilib keldi. Futbolchi "Qaldirg'ochlar" bilan Superligada 6, Kubokda 1 ta o'yinda maydonga tushdi. Sadriddin ham o'smirlar jamoamiz safida Osiyo chempionligiga erishdi hamda jahon chempionatida qatnashib, o'zidan iliq taassurot qoldirishgani barchamizning yodimizda. Shu sababli yigitlarimizga chetdan qiziqishlar bo'ldi va ularning orasida portugaliyaliklar ancha jiddiy va dadil harakat qilishdi. Natijada futbolchilarimiz qishda "Braga" klubiga borib kelishdi.

Ungacha futbolchilar O'zbekiston chempionatida o'yin amaliyotiga ega bo'lgan holda o'yin amaliyotlarini yanada shakllantirib turdilar.

Nihoyat, ular kutgan kun keldi: bir necha kun ilgari Sodiqov va Hasanov Portugaliyaga yo'l olishdi va "Braga" klubiga qo'shilishdi. Tribuna.uz nashriga ma'lum bo'lishicha, futbolchilarimiz ushbu klub bilan bir yillik shartnoma imzolashgan. Ayni paytda "Braga" U23 jamoasi mashg'ulotlarida ishtirok etishyapti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braga Braga
Bugungi yangiliklar