Live
2
O'zbek

«Har qanday orzu amalga oshishi mumkinligi isbotladingiz» — Infantino O‘zbekiston MJning mundialdagi debyuti haqida

Futbol
2 iyul, 12:00
FIFA prezidenti o‘zining rasmiy sahifasida «oq bo‘rilar»ga omad tiladi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
«Har qanday orzu amalga oshishi mumkinligi isbotladingiz» — Infantino O‘zbekiston MJning mundialdagi debyuti haqida
Foto: UFA

FIFA prezidenti Janni Infantino o‘zining rasmiy sahifasida O‘zbekiston milliy jamoasiga Jahon chempionatidagi ilk ishtiroki uchun minnatdorchilik bildirib, kelgusi musobaqalarda omad tiladi.

«Siz butun dunyoga va o‘z yurtingizdagi insonlarga har qanday katta orzu amalga oshishi mumkinligini isbotladingiz.

FIFA Jahon chempionatidagi ilk golingizni stadionda o‘z ko‘zim bilan ko‘rganim uchun o‘sha lahzada siz va muxlislar qanday hayajonni boshdan kechirganingizni juda yaxshi bilaman.

Ishonchim komilki, bu tarixiy tajriba O‘zbekistonda futbolning yanada rivojlanishiga katta turtki beradi. Kelajakda sizlarga omad tilayman!»
— deb yozadi Infantino.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar