Live
1
O'zbek

"Everton" "Midlsbro" yetakchilaridan birini sotib oldi

Futbol
2 iyul, 12:45
24 yoshli yarimhimoyachi faoliyatini APLda davom ettiradi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
"Everton" "Midlsbro" yetakchilaridan birini sotib oldi
Foto: Everton

"Everton" Heyden Hekni bilan shartnoma imzoladi.

Liverpul klubi "Midlsbro"ning 24 yoshli yarimhimoyachisi transferini e'lon qildi. Tomonlar 5 yilga mo'ljallangan shartnoma imzolashdi.

The Athletic xabariga ko'ra, transfer qiymati 16,5 million funtni tashkil etdi. Shuningdek, 8,5 million funt bonuslar bor. Bonuslar futbolchining o‘yinlari soni, milliy jamoaga chaqirilishi va mersisaydliklarning evrokuboklarga chiqishiga bog‘liq.

Hekni o'tgan mavsumda Chempionshipda 39 ta bahsda 5 ta gol va 7 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib, jamoasining eng yaxshi assistenti bo'lgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Everton Everton
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar