Live
3
O'zbek

Anderson Angliya futboli tarixidagi eng qimmat transferga aylandi

Futbol
2 iyul, 10:45
«Manchester Siti» yarimhimoyachi uchun 135 million yevro to‘ladi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Anderson Angliya futboli tarixidagi eng qimmat transferga aylandi
Foto: Getty Images

Angliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Elliot Andersonning «Nottinghem Forest»dan «Manchester Siti»ga transferi Britaniya futboli tarixidagi eng qimmat transfer sifatida qayd etildi.

Daily Mail xabariga ko‘ra, «shaharliklar» 23 yoshli futbolchi uchun 135 million yevro to‘lagan. Shu tariqa, Anderson avvalgi rekordni yangiladi. Bungacha eng qimmat ingliz futbolchisi Jud Bellinghem bo‘lib, u Dortmundning «Borussiya»sidan Madridning «Real» klubiga 130 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgandi.

Shuningdek, Anderson ushbu transfer orqali futbol tarixidagi eng qimmat besh transfer qatoridan ham joy oldi. Mazkur reytingni hamon Neymarning «Barselona»dan «PSJ»ga 222 million yevro evaziga o‘tishi boshqarib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Elliot Anderson «Nyukasl» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va yaqinda «Manchester Siti» uning transferini rasman e'lon qilgandi.

Ma'lumot uchun, Anderson o‘tgan mavsum APLda 38 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Nottingem F Nottingem F
Bugungi yangiliklar