«Barselona» himoyachisi Jyul Kunde yozgi transfer oynasida klubni tark etishi mumkin.
Diario Sport xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi 26 yoshli futbolchi uchun talab qilinayotgan narxni 65 million yevrogacha tushirgan. Mazkur summa Kundega qiziqish bildirayotgan «Chelsi» va «Liverpul»ni qoniqtirmoqda.
Ayni paytda fransiyalik himoyachi JCH-2026da Fransiya milliy jamoasi safida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Shunga qaramay, futbolchining o‘zi «Barselona»ni tark etishni istamayapti. U o‘tgan yozda klub bilan shartnomasini 2030 yilgacha uzaytirgan va yaxshilangan moliyaviy shartlarga ega bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Jyul Kunde 2022 yilda «Sevilya»dan «Barselona»ga 50+10 million yevro evaziga transfer qilingandi.
Ma'lumot uchun, Kundega Angliyaning bir qator top-klublari qiziqish bildirmoqda, biroq himoyachining amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.