Kongo DR milliy jamoasi bosh murabbiyi Sebastyan Desabr jahon chempionati 1/16 final bosqichdagi Angliyaga qarshi o'yindan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida otasining vafot etgani haqida xabar oldi.
Afrikaliklar ushbu bahsda Angliya milliy jamoasiga 1:2 hisobida mag'lub bo'lib, musobaqa bilan xayrlashdi. O'yindan keyingi matbuot anjumanida Kongo DR futbol federatsiyasi vakili shunday dedi:
«Murabbiyimiz otasidan ayrilganini ma'lum qilamiz. Shu munosabat bilan unga chuqur hamdardlik bildiramiz».
49 yoshli mutaxassis faqat «rahmat» deya javob bera oldi va matbuot anjumanini yakunladi.