Bosniya va Gertsegovina milliy jamoasi hujumchisi Edin Jeko jahon chempionatlari tarixida 40 yoshdan oshgan holda pley-off bosqichida maydonga tushgan ilk futbolchiga aylandi.
Germaniyaning «Shalke» klubi futbolchisi 2026 yilgi jahon chempionati 1/16 final bosqich doirasidagi AQShga qarshi uchrashuv (0:2)ni asosiy tarkibda boshladi. Qayd etish lozim, mashhur bosniyalik hujumchi ayni paytda 40 yosh-u 106 kunlik hisoblanadi.
Futbolchi milliy jamoaga ilk bor 2007 yilda, deyarli 20 yil oldin chaqirilgandi. Edin faoliyati davomida «Volfsburg», «Manchester Siti», «Roma», «Inter», «Fenerbahçe» va «Fiorentina» kabi klublar sharafini himoya qilgan.