2026 yildagi jahon chempionati 1/16 final bosqichida AQSH milliy jamoasi Bosniya va Gersegovinaga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvning 45-daqiqasida amerikaliklar hujumchisi Folaring Balogun hisobni ochdi. Shu tariqa, AQSH milliy jamoasi 2026 yildagi jahon chempionatida ketma-ket to'rtinchi o'yinda birinchi bo'limning o'zida gol urishga erishdi. Bu jamoa tarixidagi yangi rekord hisoblanadi.
E'tiborlisi, ikkinchi bo'lim o'rtalarida Balogun qo'pol harakati uchun qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi. 80-daqiqada esa Malik Tillman jarima zarbasini aniq amalga oshirib, hisobni yakuniy 2:0 ko'rinishiga keltirdi.
Ushbu g'alaba orqali AQSH milliy jamoasi 2026 yildagi jahon chempionatining 1/8 final bosqichiga yo'l oldi. Amerikaliklar keyingi bosqichda Belgiya milliy jamoasiga qarshi bahs olib boradi.