Angliyalik hujumchi Jeymi Vardi faoliyatini "Kremoneze"da davom ettirmaydi.
U kecha, 1 iyul kuni jamoani bir mavsumdan so'ng tark etayotganini rasmiy e'lon qildi. Klub oʻz oldiga qoʻyilgan asosiy maqsad — A Seriyadagi oʻrnini saqlab qolishga erisha olmadi.
Vardining oʻzi ham jarohati tufayli mavsumning hal qiluvchi qismini oʻtkazib yubordi. Shu bois "Lester" afsonasi Italiya futbolining nisbatan qoʻpol oʻyin uslubiga ega ikkinchi divizionida faoliyatini davom ettirishdan ma'no koʻrmadi.
Vardi "Kremoneze" safida oʻtgan mavsumda 7 ta gol urdi. Bu jamoada ikkinchi eng yaxshi natija boʻlib, faqat 10 ta gol muallifi Federiko Bonatszoligina undan yaxshiroq koʻrsatkich qayd etdi.
Ma'lumot oʻrnida, Jeymi oʻtgan yil sentyabr oyi boshida "Kremoneze" futbolchisi sifatida tanishtirilgandi.