Braziliyaning «San Paulu» klubi «Lester» sobiq hujumchisi Jeymi Vardiga erkin agent sifatida jamoaga qo‘shilishni taklif qildi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.
Braziliyaliklar angliyalik forvard uchun kurashda raqiblarini ortda qoldirishga urinmoqda. Vardi «Kremoneze» bilan shartnomasi yakunlanganidan so‘ng hozirda erkin agent hisoblanadi. Italiya klubi esa o‘tgan mavsum yakunida A Seriyani tark etdi.
Ta'kidlanishicha, Jeymi ayni vaqtda bir nechta variantni ko‘rib chiqmoqda va uning qaysi klubda faoliyatini davom ettirishi bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.