"Manchester Yunayted" himoyachisi Harri Maguayr 8 ta top milliy jamoalarning eng yaxshi futbolchilari kim ekanini aytdi.
— Angliya milliy jamoasining eng yaxshi futbolchisi kim?
— Harri Keyn.
— Fransiyada-chi?
— Kilian Mbappe.
— Ispaniyada?
— Lamin Yamal.
— Braziliyada?
— Vinisius Junior.
— Argentinada?
— Lionel Messi. Bu juda oson tanlov.
— Niderlandiyada?
— Virjil van Deyk.
— Markaziy himoyachiga hurmat ko'rsatdingiz.
— Ha, u top darajadagi futbolchi.
— Germaniyada-chi?
— Jamol Musiala. U juda yaxshi futbolchi. Men u haqida Keyndan ko'p yaxshi gaplar eshitganman.
— Va nihoyat, Portugaliyada?
— Brunu Fernandesh», — dedi Maguayr. Avvalroq Maguayr "Manchester Yunayted" bilan shartnomasini uzaytirgani ma'lum qilingan edi.