Portugaliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martinez 2026 yilgi jahon chempionati 1/16 final bosqichida Xorvatiyaga qarshi kechadigan uchrashuv oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Jamoaning tayyorgarligi haqida
"Jamoamizning kuchi — maqsad sari intilishimizda. Men futbolchilarimga to'liq ishonaman. Tayyorligimiz 3 ta uchrashuvni o'z ichiga oldi. Ularda qiyin vaziyatlar ham bo'ldi, ammo biz matonat va fidoiylik namoyon etdik.
Yuqori saviyada o'ynayotganingda g'alaba qozonish muhim, ammo mag'lub bo'lmaslik ham shunchalik ahamiyatli.
Kolumbiyaga yutqazmaganimiz juda muhim edi. Biz uchun 2026 yilgi jahon chempionati endi boshlanyapti".
Xorvatiya milliy jamoasi haqida
"Xorvatiya — doimgidek Xorvatiya. Ular to'pni nazorat qilishni yaxshi ko'radi, texnik jihatdan kuchli va tarkibida o'yinga jiddiy ta'sir ko'rsata oladigan futbolchilar bor.
Angliyaga qarshi bahsda ular yuqori pressing qo'lladi, keyin esa ancha pragmatik futbol namoyish etdi.
Ertangi o'yinda to'pni nazorat qilish hal qiluvchi omillardan biri bo'ladi. Hech qanday syurpriz bo'lmaydi, chunki jamoalar bir-birini yaxshi biladi".
Krishitanu Ronaldu va Luka Modrich haqida
"Ular haqiqiy afsona. Futbolda shunday namuna bo'ladigan insonlar bo'lishi juda muhim. Umid qilamizki, bu Ronalduning milliy jamoadagi so'nggi raqsi bo'lmaydi", — dedi Martinez.
Ma'lumot o'rnida, ushbu bahs 3 iyul kuni bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 04:00 da start oladi.