«Manchester Yunayted» va «Ayaks» klublarining sobiq bosh murabbiyi Erik ten Xag Niderlandiya milliy jamoasini boshqarishi mumkin.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko‘ra, 55 yoshli mutaxassis Ronald Kumanning o‘rnini egallash uchun asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi. Shuningdek, «Liverpul» sobiq bosh murabbiyi Arne Slot ham ushbu lavozimga da'vogarlar qatorida tilga olinmoqda.
1 iyul kuni Niderlandiya futbol assotsiatsiyasi Ronald Kumanning shartnomasi 31 iyul kuni yakunlanishi va u shundan so‘ng o‘z lavozimini tark etishini rasman ma'lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Erik ten Xagning so‘nggi ish joyi Leverkuzenning «Bayer» klubi bo‘lgan. U 2025 yilning iyulidan sentyabrigacha jamoani boshqargan.
Ma'lumot uchun, Ten Xag boshqaruvi ostida «Bayer» atigi uchta rasmiy uchrashuv o‘tkazgan.