Vitor Pereyra "Nottinghem Forest" bilan xayrlashdi.
Angliya klubi portugaliyalik mutaxassis tomonlarning o'zaro kelishuviga ko'ra lavozimini tark etganini rasmiy e'lon qildi.
Pereyra jamoani 15 fevraldan boshqarib kelayotgan edi. Uning qo'l ostida "o'rmonchilar" 20 ta o'yin o'tkazib, 8 ta g'alaba, 6 ta durang va 6 ta mag'lubiyat qayd etdi.
"Nottinghem Forest" Angliya Premyer-ligasida mavsumni 44 ochko bilan 16-o'rinda yakunlagandi.
Avvalroq klubning yangi bosh murabbiyi etib Oliver Glasner tayinlanishi haqida xabarlar tarqalgandi.
"Nottinghem Forest" bosh murabbiy Pereyra bilan xayrlashdi
Futbol
2 iyul, 14:40
"O'rmonchilar"ni Glasner boshqarishi kutilmoqda.
Foto: Getty Images