Bugun
16
O'zbek

Peti: «Fransiya milliy jamoasida «Oltin to‘p» uchun asosiy nomzodlar bor»

Futbol
4 iyul, 11:59
Fransiyalik sobiq futbolchi nufuzli sovringa uch nafar futbolchini munosib deb hisoblamoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Peti: «Fransiya milliy jamoasida «Oltin to‘p» uchun asosiy nomzodlar bor»
Foto: Getty Images

Fransiya milliy jamoasining sobiq futbolchisi Emmanuel Peti «Oltin to‘p» sovrini uchun asosiy da'vogarlar haqida fikr bildirdi.

«Menimcha, bizning milliy jamoamizda bo‘lajak «Oltin to‘p» sohibi bor. Hozir Fransiya milliy jamoasi safida ushbu sovrinni qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan uch nafar futbolchi bor: Kilian Mbappe, Usmon Dembele va Maykl Olise», — dedi Peti.

Sobiq futbolchining fikricha, ushbu uch futbolchining joriy mavsumdagi o‘yinlari ularni dunyoning eng nufuzli individual mukofotiga asosiy da'vogarlar qatoriga olib chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, «Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Tarixda ilk bor ushbu tadbir Londonda tashkil etiladi.

Ma'lumot uchun, amaldagi «Oltin to‘p» sohibi aynan Fransiya milliy jamoasi va «PSJ» vingeri Usmon Dembele hisoblanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
Bugungi yangiliklar